Yangiliklarga qaytish
Forumning muhim tadbirlaridan biri “O‘zbekiston farmatsevtika bozori 2026–2030: innovatsiyalar, mahalliylashtirish va mavjudlik o‘rtasidagi strategik muvozanat” mavzusidagi yalpi majlis bo‘ldi.
Forum ishini O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Azizov Abdulla Abdisalomovich ochib berdi.
Yalpi majlis moderatori:
• Aleksandr Panov — Verba Legal boshqaruvchi hamkori
Yalpi majlis spikerlari:
• Azizov Abdulla Abdisalomovich — O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi
• Nurlybek Asylbekov — SK-Farmatsiya (Qozog‘iston)
• Takahiro Hasumi — Jahon banki
• Tatyana Kubasova — AstraZeneca
Ishtirokchilar e’tibor markazida O‘zbekiston farmatsevtika bozorini 2030-yilgacha strategik rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion terapiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda davlat va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash kabi muhim masalalar bo‘ldi.

NEWS
V O‘zbekiston Xalqaro farmatsevtika forumining 2026-yildagi muhim voqealaridan biriga yana bir bor nazar tashlaymiz
12-iyun, 2026
